Шрифт ўлчами: A A A
Сайт ранги: A A A A
Сайтнинг тўлиқ талқини
  • Бош саҳифа
  • Сайт харитаси
  • Мобил талқин
  • Заиф кўрувчилар учун
  • Тизимга кириш
Уз En Ru

“Хоразм минтақавий пахта терминали" МЧЖ

“Янгибозор пахта тозалаш”

акциядорлик жамияти

Сайтдаги маълумотларидан фойдаланилганда www.yangibozorpaxta.uz веб-сайтига хавола қилиш шарт
  • Гимн

  • Флаг

  • Герб

Ишонч телефонлари

(0362) 419 43 45
Меню
  • Биз ҳақимизда
    • Тарих
    • Раҳбарият
    • Жамият фаолияти
    • Меъёрий ҳужжатлар
    • Сертификат ва лицензиялар
    • Бўш иш ўринлари
    • Иш графиги
  • Ишлаб чиқариш
    • Тайёр маҳсулотлар
    • Технологик жараён
    • Пахта хом ашёси
  • Корпоратив бошқарув
    • Бошқарув органи
      • Кузатув Кенгаши
      • Тафтиш комиссияси
      • Ижроия органи
      • Ички аудит хизмати
      • Миноритар акциядорлар қўмитаси
    • Ахборотни ошкор этиш
      • Муҳим фактлар
      • Молиявий ҳисоботлар
        • Йиллик ҳисобот
        • Чораклик ҳисобот
      • Жамиятнинг бизнес-режаси
      • Эмиссия рисолалари ва қимматли қоғозлар чиқариш тўғрисидаги қарорлар
      • Афилланган шахслар рўйхати
      • Акциядорлик жамиятининг ташкилий тузилмаси
      • Аудиторлик хулосаси
      • Жамиятнинг ривожлантириш стратегияси
    • Ички ҳужжатлар
      • Жамият Устави
      • Корпоратив бошқарув Кодекси
      • Ахборот сиёсати ҳақида низом
      • Ички назорат тўғрисидаги низом
      • Дивиденд сиёсати тўғрисидаги низом
      • Манфаатлар қарама-қаршилиги вақтида харакат қилиш тартиб тўғрисидаги низом
      • Акциядорлар умумий йиғилиши тўғрисидаги низом
      • Кузатув кенгаши тўғрисидаги низом
      • Тафтиш комиссияси тўғрисидаги низом
      • Ижроия органи тўғрисидаги низом
      • Ички аудит хизмати тўғрисидаги низом
      • Ижроия органини конкурс асосида танлаш тартиби
      • Жамиятнинг молия-хўжалик ҳолатини ва уни ривожлантириш динамикаси
      • Жамиятнинг веб-сайтидан хавфсиз фойдаланиш
    • Акциядорларга
      • Дивидендлар тўлови хақида маълумот
      • Акцияларни харид қилиш
      • Эълонлар
    • Корпоратив бахолаш
  • Интерактив хизматлар
    • Ишонч телефонлари
    • Кўп бериладиган саволлар
    • Фуқаролар мурожати
  • ОАВ хизматлар
    • Янгиликлар
    • Пресс-релизлар
    • Янгиликлар архиви
    • Медиакутубхона
      • Фотогалерея
      • Видео материаллар
    • ОАВ биз ҳақиммизда
  • Алоқалар

2023 йил — «Инсонга эътибор ва сифатли таълим» йили

Prezident 2023 yilgi rejalarni to‘g‘ri olish uchun «juda katta-katta odamlarni pastlarga, birinchi marta mahallalargacha tushirilgani»ni ta’kidladi. «Qani, odamlarimiz nima istayapti? Nima niyatlari bor? Nimadan rozi, nimadan norozi? Kelajakka nima takliflari bor?», — degan savollarni qo‘ydi davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha, 20 mingga yaqin takliflar muhokama qilingan. «Odamlarimiz ta’lim, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot yo‘nalishlaridagi aniq-aniq masalalarni ko‘tarib, ular bo‘yicha tizimli yechimlarni ham taklif qilgan», — dedi prezident. Davlat rahbari ularni «hozirgi vaqtda odamlarni qiynayotgan va ertangi kunimizga, o‘zgarishimizga, taraqqiyotimizga to‘g‘ri zamin yaratish bo‘yicha takliflar» deb atadi.

«Men bu fikrlarni o‘rganib, bir narsaga amin bo‘ldim. Aholimiz bizdan maktab, bog‘cha va shifoxonalar ko‘paytirish, ta’lim va tibbiyot sifati oshirish; mahallada yo‘l, suv, elektr, transport muammolari hal qilish; ish o‘rinlarini ko‘paytirish, tadbirkorlikka yangi imkoniyatlar yaratishni; adolat ta’minlash, ovoragarchilik, byurokratiya, eng asosiysi, korrupsiyani yo‘q qilishni kutmoqda. Ko‘tarilgan masalalar aniq va o‘rinlidir. Qanchalik qiyin bo‘lmasin, biz bu muammolarni yechishimiz shart», — dedi Mirziyoyev.

Prezident ko‘tarilayotgan masalalarni hech kim chetdan kelib hal qilib bermasligini yana bir bor ta’kidladi: «Hech kim chetdan kelib — men har safar shu masalani aytaman — hech kim chetdan mahallaga kelib, rayonga kelib, viloyatga kelib, O‘zbekistonga kelib, bularni hal qilib bermaydi, hech qachon. Faqat va faqat o‘zimiz qilishimiz kerak. O‘zimiz rejalarimizni hozirgi zamonga [moslab], munosib qaror, farmon, qonunlarimizni chiqarishiz kerak. Odamlarimizning tashabbusi, shijoati va salohiyatini ishga solish uchun barcha sharoitlarni yaratish asosiy vazifalarmiz bo‘lib qolishi kerak».

Shavkat Mirziyoyev xalqqa qancha imkoniyat yaratilsa, buning foydasi 10 karra, 100 karra bo‘lib qaytishini, bunga so‘nggi yillarda hamma guvohi bo‘lib turganini aytib o‘tdi. «Qancha sharoit yaratsak, shuncha odamlarimiz rozi bo‘lib, o‘z hayotini, o‘z turmushini, o‘z yo‘nalishini, o‘z rejalarini mutlaqo katta-katta pog‘onada, baland rejalarni amalga oshiryapti», — deya qayd etib o‘tdi prezident.

Shundan so‘ng, davlat rahbari yuqorida aytgan so‘zlariga xulosa qilib, 2023 yilga O‘zbekistonda «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili» deb nom berishni taklif qildi. Yig‘ilganlar ushbu taklifni gulduros qarsaklar bilan olqishlab, qo‘llab-quvvatladi. Prezident buning uchun yig‘ilganlarga minnatdorchilik bildirdi.

«Inson qadri degan g‘oyani hech qachon unutmasligimiz kerak. Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili deb e’lon qilishimiz, agar [buni] chuqur tahlil qilsak, juda ko‘p o‘ylandik, nimalar qo‘yish mumkin, deb. Albatta, kechagi qilgan ishimiz bilan bugungisining davomiyligi, bardavomligi bo‘lishi kerak. Bardavomlik nuqtai nazardan, yana va yana Inson qadri degan g‘oya yillarga qo‘shilib davom etishi kerak. Shuning uchun „Insonga e’tibor va sifatli ta’lim“ [deb nom qo‘ydik]», — deya tushuntirdi prezident.

«[Insonga] qachon e’tibor bo‘ladi? Ta’lim, ta’lim, ta’lim va yana bir marta ta’lim. Men olti yil oldin shu masalalarga chuqur e’tibor qilib, birinchi kundan beri ta’limimiz haqida ko‘p gapiraman. Agar ta’lim bo‘lsa, bilim bo‘lsa, sifat o‘zgaradi. Ta’lim bo‘lmasa, sifat o‘zgarmasa, e’tibor ham o‘zgarmaydi», — dedi Mirziyoyev.

«Nima uchun yilga bunday nom beryapmiz? Biz O‘zbekistonda olib borayotgan davlat siyosatining markazida inson va uning manfaatlarini ta’minlashni ustuvor vazifa etib belgilaganmiz. Aslida ham bizning eng bebaho boyligimiz bu — bunyodkor xalqimiz, duogo‘y ota-onalarimiz, navqiron avlodimiz emasmi? Shu yurtda yashayotgan har bir insonning tinch va baxtli hayot kechirishi, uning sog‘lig‘i joyida bo‘lishi, yaxshi ta’lim olishi, oilasini tebratish uchun qanday sharoit kerak bo‘lsa, hammasini yaratib berishga harakat qilyapmiz va bu yo‘ldan aslo to‘xtamaymiz», — dedi davlat rahbari.

Prezidentning ta’kidlashicha, ta’lim sifatini oshirish Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lidir: «Yusuf Xos Hojib bobomiz aytganlaridek, „Zakovat bor joyda ulug‘lik bo‘ladi, bilim bor joyda buyuklik bo‘ladi“. Shuning uchun ushbu sohada boshlagan islohotlarimizni davom ettirishimiz, ta’lim dargohlariga borib, o‘qituvchi va murabbiylar bilan ko‘proq muloqot qilib, sifatni oshirish bo‘yicha ular qo‘ygan masalalarni birgalikda hal qilishimiz zarur».

Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylarning «obro‘i joyiga qo‘yilsa», maktablar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va oliygohlarda sifat o‘zgarishlarin amalga oshirilsa, «butun harakatlarimiz ikki-uch karra o‘zgarishi»ni aytib o‘tdi. «Yutuqlar bizniki bo‘ladi, faqat bilim kerak. Bilim kerak, nimaga desangiz, har birimiz orqamizga qarab, qanday buyuk ajdodlarning farzandi ekanimizni hech qachon unutmasligimiz kerak», — deya qo‘shimcha qildi prezident.

 

2023 йил — «Инсонга эътибор ва сифатли таълим» йили

Бошқарув раисининг
виртуал қобулхонаси
Шикоятлар мавжудми?
Онлайн тарзда юборинг
Онлайн калькулятор Меъёрий ҳужжатлар Бўш иш ўринлари Иш графиги

Эълон

“Янгибозорпахта тозалаш” АЖ 2022 йил якуни бўйича ташқи аудитни ўтказиш учун танлов эълон қилади.

“Янгибозор пахта тозалаш” акциядорлик жамияти Акциядорлари диққатига!

Онлайн калькулятор

Натижа

Кондиция вазни (кг):

Ортиқча намлик учун 0,5 фоизлик чегирма (сўм):

Қуритиш қиймати (сўм):

Тозалаш қиймати (сўм):

Уруғлик пахта учун устама (сўм):

Терим пули (сўм):

Пахтанинг 90 % қиймати (сўм):

Пахтанинг 100 % қиймати (сўм):

Орқага

Сўровнома

Сайтни янги дизайни ёқдими?
Натижалар
Натижалар

Урганчда об-ҳаво

Погода в Ургенче
Gismeteo Gismeteo
Прогноз на 2 недели

Янгиликларга обуна бўлиш

Email манзилингизни киритган ҳолда янгиликлар ва маслаҳатларни тўғридан-тўғри элетрон почтангиз орқали қабул қилиб олинг:

“Хоразм минтақавий пахта терминали" МЧЖ

“Янгибозор пахта тозалаш”

акциядорлик жамияти

Сайтдаги маълумотларидан фойдаланилганда www.yangibozorpaxta.uz веб-сайтига хавола қилиш шарт
2023 © Барча ҳуқуқлар ҳимояланган.

(0-362) 419 43 45

info@yangibozorpaxta.uz
https://yangibozorpaxta.uz/

Янгибозор шаҳри, Беруний кўчаси. 1-уй

  • Сайт фойдаланувчилари: 0
  • Сайтнинг янгиланган санаси: 11.05.2019, 11:26

Матнда хатоликни курдингизми?

Сичқонча билан белгиланг ва Ctrl + Enter босинг

Сайт яратувчиси: Online Service Group

Сайтни янги дизайни ёқдими?

Аъло
24
Яхши
7
Қониқарли
1
Қониқарсиз
1

Тизимга кириш

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech